Ikki bosqichli tekshiruv nima o‘zi?
Bu — Telegramga yangi telefon yoki kompyuterdan kirganda qo‘shimcha parol so‘raladigan tizim.
Ya’ni, kimdir sizning raqamingizga kelgan SMS kodni bilsa ham, maxfiy parolingiz bo‘lmasa, profilga kira olmaydi.
Firibgarlarga Telegramingiz nega kerak?
- Sizning nomingizdan pul so‘rash uchun;
- Yozishmalarni, rasm-fayllarni yoki hujjatlarni ko‘rish uchun;
- Telegram orqali olingan boshqa xizmatlarning bir martalik kodlarini o‘g‘irlash uchun;
- Profilingizdan foydalanib boshqalarni aldatish uchun.
Ammo sizda ikki bosqichli himoya yoqilgan bo‘lsa — ular uchun bu ish deyarli imkonsiz bo‘ladi.
Telegramingizda hozir kim “o‘tiribdi”?
Agar kimdir profilingizga kirganiga shubha qilsangiz:
- Telegramni oching
- Sozlamalar → Qurilmalar bo‘limiga o‘ting
- Telegramingiz ochilgan barcha qurilmalar ro‘yxatini ko‘rasiz
- Shubhali qurilmalarni darhol chiqarib yuboring.
Bu barcha shubhali kirish yo’llarini berkitadi. Shundan so‘ng, ikki bosqichli tekshiruvni yoqib qo‘ying.
Bosqichma-bosqich yo‘riqnoma
- Telegramni oching va "Sozlamalar"ni bosing.
• iPhone: pastki o‘ng burchakdagi tishli g‘ildirakni bosing
• Никогда не называйте коды, кем бы ни представлялся звонящий.
- "Maxfiylik va xavfsizlik" bo‘limiga o‘ting
- "Ikki bosqichli tekshiruv" bandini toping
- "Parol o‘rnatish" tugmasini bosing
- Parol o‘ylab toping va kiriting
• Tug‘ilgan sana yoki oddiy “12345” foydalanmagan ma’qul
• Parolni ishonchli joyga yozib qo‘ying
- Zaxira elektron pochta manzilini kiriting
• Telegram parolni unutib qo‘ysangiz, elektron pochta kiritishni taklif qiladi
• Elektron pochtani tasdiqlang (pochtangizga kod yuboriladi)
- Tayyor!
Endi yangi qurilmadan Telegramga kirishda:
• Avval SMS kod
• So‘ng maxfiy parol so‘raladi
Parolni unutib qo‘ysangiz-chi?
- Agar elektron pochtani ko‘rsatgan bo‘lsangiz, Telegram sizga kodni e-mailga yuboradi.
- Agar ko‘rsatmagan bo‘lsangiz — hisobni tiklash qiyinlashadi, shuning uchun bu bosqichni o’tkazib yubormang.
Do‘stingizdan Telegramda xabar keladi:
“Jigar, oylikkacha 200 ming so‘m qarz berib tur. Mana kartam.”
Siz pul o‘tkazmoqchisiz, lekin shubhalanib, unga qo‘ng‘iroq qilasiz. Va... do‘stingiz bunday xabar yozmaganini aytadi. Uning Telegramini buzib kirishgan va firibgarlar sizni chuv tushirishga urinmoqda. Do’stingizni esa bundan xabari ham yo’q.
Bunday holat sizda ham takrorlanmasligi uchun Telegramingizni himoyalash juda muhim. Buning eng oddiy yo‘li — ikki bosqichli tekshiruvni yoqib qo‘yish.
Bu qanday ishlashi va uni hoziroq yoqish nima uchun muhimligini tushuntiramiz.