Barchasi qanday boshlandi
Bir kuni kechqurun menga Telegramda xabar keldi:
“Xayrli kun. Biz, bankingizning mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazidanmiz. Sizning nomingizga shubhali kredit rasmiylashtirishga urinishmoqda. Sizni himoya qilish uchun biz, ma’lumotlarni zudlik bilan solishtirishimiz kerak.”
Chatdagi nom — “TBC xizmat ko‘rsatish markazi”, rasmda bank logotipi.
Xushmuomalalik bilan yozishdi. Barchasi rostga o‘xshar edi. To‘g‘risi, qo‘rqib ketdim: nahotki kimdir meni nomimga kredit olmoqchi bo‘lsa?
Ular nimani so‘rashdi
Ular “tizimda nosozlik bor” deb, quyidagilarni so‘rashdi:
- pasport fotosurati,
- karta raqami,
- muddat tugash sanasi va orqa tomondagi kod.
“Aks holda hisob muzlatiladi, pullar o‘g‘irlanishi mumkin” deyishdi. Shu payt men pasportimga qo‘l cho‘zdim...
Meni nima to‘xtatdi
Lekin birdan o‘ylab qoldim:
Nimaga ular, bank ilovasiga yozmay, menga qo‘ng’iroq qilmay Telegram orqali yozishyapti?
Nimaga buncha shoshiltirishyapti? Nimaga barchasini birdaniga so‘rashyapti?
O‘g‘limning aytgan gaplari yodimga tushdi:
“Agar messenjerdan yozishsa va ma’lumot so‘rashsa — bu, aniq firibgarlar.”
Men javob bermadim. Chatni yopdim.
Bank ilovasida ko‘rsatilgan raqamga o‘zim qo‘ng‘iroq qildim.
Ular bu firibgarlar ekanini aytishdi. Haqiqiy xizmat ko‘rsatish markazi hech qachon bunday ma’lumotlarni so‘ramaydi.
Meni nima qutqardi
- Men shoshmadim va barchasini o’zim tekshirishga.
- Pasport fotosuratini va kartadagi kodni yubormadim.
- O‘g‘limning maslahatlarini esladim va bankka qo‘ng‘iroq qildim.
- Qayta savol berishdan uyalmadim — bu, pulni saqlab qolishga yordam berdi.